BMT dunyoda 10 haftaga yetarli bug‘doy qolganidan ogohlantirdi

Olam

image

Sanksiyalar hamda Ukrainadagi urush sababli dunyodagi bug‘doy zaxiralari atigi 10 haftaga yetarli qoldi. Bu haqda “Gro Intelligence” bosh direktori Sara Manker Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida ma’lum qilgan.

Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha ekspertning ta’kidlashicha, dunyoda joriy yilgacha oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq qoniqarsiz vaziyat rivojlangan, biroq Ukrainadagi mojaro ahvolni yanada og‘irlashtirgan.

“Harbiy harakatlarning avj olishi oziq-ovqat xavfsizligini inqiroziga olib kelmadi, lekin u uzoq vaqtdan beri yonayotgan olovga yoqilg‘i quydi”, deydi Menker.

Uning fikricha, agar mojaro yaqin orada tugasa ham, jahon oziq-ovqat bozoridagi vaziyat o‘z-o‘zidan yaxshilanmaydi – bu ko‘plab mamlakatlarning kelishilgan harakatlarini talab qiladi.

“Agressiv global harakatlarsiz, biz favqulodda insoniy azob-uqubatlar va iqtisodiy zarar xavfi ostida qolamiz”, deydi ekspert va hozirgi global bug‘doy zaxiralari faqat keyingi 10 haftaga yetishini ta’kidlagan.

Mankerga ko‘ra, oziq-ovqat inqirozining chuqurlashishiga ta’sir qiluvchi asosiy muammolar Ukraina va Rossiyadan mahsulotlar yetkazib berishning qisqarishi, o‘g‘itlar etishmasligi, iqlim o‘zgarishi va logistika bilan bog‘liq muammolardir. 

Uning fikricha, bu omillarning bir vaqtning o‘zida ta’siri bir necha yillar davomida jahon oziq-ovqat ta’minotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan misli ko‘rilmagan muammolarni keltirib chiqaradi.

O‘z navbatida, Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat bo‘yicha rahbari Devid Bisli Xavfsizlik Kengashini 43 mamlakatda 49 million odam allaqachon ochlik yoqasida ekanligi haqida ogohlantirgan.

“Biz hozirda - Shri-Lanka, Indoneziya, Pokiston, Peruda tartibsizliklar va norozilik namoyishlarini ko‘ryapmiz. Biz allaqachon Burkina-Faso, Mali va Chadda beqarorlashtiruvchi dinamikani guvohi bo‘ldik. Bular faqat kelajakdagi voqealarning belgilaridir”, deydi u.

Shu munosabat bilan u dunyo yetakchilarini “bozorlarni barqarorlikka olib kelish uchun” barcha imkoniyatlarni ishga solishga chaqirgan, chunki vaziyat yanada yomonlashmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

299

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing