BMT Bosh kotibi Kavkazorti davlatlarini bosiqlikka chaqirdi

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Armaniston va Ozarbayjonni zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda xalqaro tashkilot rahbarining vakili Stefan Dyujarrik ma’lum qildi.

Guterrish ikki davlat chegarasida og‘ir qurollarni qo‘llab otishma uyuushtirilgani va unda odamlar halok bo‘lganidan tashvishda ekanini bildirgan.

Bosh kotib Tog‘li Qorabog‘ mojarosini barqarorlashtirish bo‘yicha Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Minsk guruhini to‘la qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

Avvalroq, Yevropa ittifoqi Ozarbayjon va Armanistonni chegaradagi harbiy qarama-qarshilikni to‘xtatishga chaqirgandi. Yevroittifoq YeXHT kuzatuvchilari orqali monitoring qilishni qayta tiklashni taklif qildi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligida qurolli to‘qnashuvlar kengayishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi va zarurat bo‘lsa, Rossiya vaziyatni barqarorlashtirishga yordam berishi bildirildi.

Armaniston va Ozarbayjon harbiylari o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuv 12 iyul kuni Tovuz tumanida yuz berdi. Ozarbayjon Armaniston harbiylari artilleriyadan o‘q uzib, hujum qilganini bildirdi. Hujum natijasida ikki harbiy halok bo‘ldi va besh nafari jarohatlandi.

Armaniston o‘z navbatida bir guruh ozarbayjonlik harbiylar yuk mashinasida chegarani kesib o‘tganini, keyin artilleriyadan zarba berilganini aytdi. Ikki o‘rtadagi to‘qnashuvlar keyin ham davom etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

95

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing