Blogerlarning kuni tug‘dimi? Instagram pulli obunani yo‘lga qo‘ymoqda

Texnologiya

image
0:00
0:00
download

Instagram obunachilari uchun pulli obuna xizmatini yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Instagram bosh direktori Adam Mosseri o‘z sahifasida xabar bergan.

Mualliflarga obuna bo‘lish narxi $0,99 dan $99,99 gacha belgilanadi.

Mualliflarning pullik kontentiga obuna bo‘lgan foydalanuvchilar, ana shu sahifa egalari tomonidan yuklangan eksklyuziv materiallar. Masalan, postlar, jonli efirlar, reels videolar va storislarni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Pulli obunaning yana bir afzalligi, bu xizmat foydalanuvchilari ana shu sahifa egasi bilan guruhli chatda muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Yana bir yangilik shundaki, pulli obuna sotib olgan holda taniqli shaxslarni qo‘llab-quvvatlayotgan sahifa egalari binafsha rangli belgiga ham ega bo‘lishadi.

Mualliflarning sahifalarida esa qo‘shimcha “subscriber home” bo‘limi ham ochiladi. Bu bo‘lim orqali mualliflar barcha uchun ochiq va eksklyuziv materiallarni osonlik bilan boshqarishlari mumkin bo‘ladi.

Adam Mosserining qo‘shimcha qilishicha, Instagram yaqin vaqt ichida “Mualliflar uchun yaxshi daromad manbai”ga aylanadi.

Ammo bu xizmat qachondan ishga tushirilishi haqida aniq ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 iyun kuni Telegram messenjeri ham o‘zining pullik obuna shaklidagi “Telegram Premium” xizmatini ishga tushirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

221

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing