Blogerlar qariyb 1,7 mln dollar pul yuvishda ayblanmoqda
Olam
−
17 mart 2023
28256Rossiyada instabloger Artyom va Valeriya Chekalin 130 million rubl (1 million 690 ming dollar) miqdoridagi pulni legallashtirishda ayblanmoqda. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, ularga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining bir necha moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Chekalinlar 2021 yilning aprel oyida bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirish orqali topilgan 130 million rubl miqdoridagi mablag‘larni AQSH dollariga almashtirib, qonuniylashtirgan. Endilikda ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilayotgani ma’lum qilingan.
Avvalroq Valeriya Chekalina (Instagram'da “Lerchek ”) erining yordami bilan 2020 yilning uchinchi va to‘rtinchi choraklari hamda 2021 yil uchun QQS to‘lashdan, shuningdek, 2020-2021 yillar uchun umumiy qiymati 311 million rubldan ortiq (4 million dollar) shaxsiy daromad solig‘ini to‘lashdan bosh tortganlikda ayblangan.
Ochiq manbalarga ko‘ra, 2021 yil dekabr oyida Chekalina Instagram'dagi obunachilar soni bo‘yicha (10,5 million) Rossiyada to‘rtinchi o‘rinni egallagan.
“Forbes” ma’lumotlariga ko‘ra, uning yillik daromadi 600 ming dollarga teng bo‘lib, Rossiyaning eng ko‘p daromadga ega Instagram foydalanuvchilari reytingida yettinchi o‘rinni egallagan. 2018 yildan beri u fitnes blogini yuritadi, shu jumladan, ortiqcha vazndan xalos bo‘lish bo‘yicha fitnes marafonlarini o‘tkazadi.
LiveBarchasi