Blogerlar izohlarni o‘chirishi kerakmi?
Jamiyat
−
14 avgust 2019
4035“Adliya vazirligining Huquqiy axborot” kanali orqali bloger qanday holatlarda post ostidagi sharhlarni o‘chirishi kerakligi haqida ma’lumot berildi.
2014 yilda “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq (ushbu talablar blogerga ham taaluqli) veb-sayt va (yoki) veb-sayt
sahifasidan quyidagi maqsadlarda foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmasligi shart:
mavjud konstitutsiyaviy tuzumni, hududiy yaxlitlikni zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat etish;
urush, zo‘ravonlik va terrorizmni, shuningdek diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm g‘oyalarini targ‘ib qilish;
davlat siri bo‘lgan ma’lumotlarni yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni oshkor etish;
milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atuvchi, shuningdek fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yo‘l qo‘yuvchi axborotni tarqatish;
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni targ‘ib qilish;
pornografiyani targ‘ib qilish;
qonunga muvofiq jinoiy va boshqa javobgarlikka sabab bo‘ladigan boshqa harakatlarni sodir etish.
Bundan kelib chiqadiki, postlar tagidagi sharhlarda yuqorida qayd etib o‘tilgan axborotlar mavjud bo‘lgan fikrlar, chaqiriqlar bo‘lsa, qonun talabiga ko‘ra bloger u sharhlarni o‘chirishi kerak.
LiveBarchasi