Blogerga “enasini ko‘rsatib, oyog‘ini yalatishini” aytgan amaldor ishdan ketdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Rishton tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Usmonjon Mamadaliyevga tegishli audioyozuv tarqalgandi. Unda mansabdor mahalliy blogerni “qisib” yurmasa, “enasini ko‘rsatib, oyog‘ini yalatish” bilan tahdid qilganini eshitish mumkin.

Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Husan Mamajonovning ma’lum qilishicha, Usmonjon Mamadaliyev audioxabar tarqalgan kuni videomurojaat bilan chiqib, aytgan gaplari uchun barcha blogerlardan uzr so‘ragan. Shundan so‘ng, amaldor o‘z xohishi bilan xizmat vazifasidan ozod etilgan.

“Rishton tumanining sobiq tibbiyot birlashmasi boshlig‘i telefon orqali suhbatida nomaqbul bo‘lgan, tizim rahbariga yarashmaydigan so‘zlarni aytgan. Bu tibbiyot xodimlarini, barchamizni noqulay holatga soldi. Buni tushunib yetgan birlashma boshlig‘i o‘sha kunning o‘zida “haqiqatdan ham xato ish qilib qo‘yganman, tan olaman, yoshlik qildim. Rahbar sifatida bu gaplarni aytmasligim kerak edi” degan fikrlarini bildirib, o‘z hohishi bilan ariza yozdi. Arizasi qanoatlantirilib, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Blogerimiz uning harakatlaridan norozi bo‘lsa, belgilangan tartibda sud orqali hal qilsa maqsadga muvofiqdir”, degan Husan Mamajonov.

Rishton tumani hokimligi ham QALAMPIR.UZ’ga Usmonjon Mamadaliyev egallab turgan lavozimidan ozod qilinganini tasdiqladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

247

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing