Bloger Shohida Salomova tuhmat va haqoratda ayblanmoqda

3-sahifa

image

Shaxinya Koroleva nomi bilan tanilgan bloger Shohida Salomova tuhmat va haqorat qilishda ayblanmoqda. Ushbu holat bo‘yicha Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqaro A.G. unga tuhmat qilib, haqorat qilgan Shohida Salomovaga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. 

Murojaat asosida o‘tkazilgan tekshiruv xulosasiga ko‘ra, Shohida Salomova tomonidan A.G.ga nisbatan aytilgan audioyozuvlarda haqoratli so‘zlar mavjudligi aniqlangan. Uning harakatlarida Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi (tuhmat qilish) va 140-moddasi 2-qismida (haqorat qilish) nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjudligi aniqlangan. Shu sababli u gumon qilinuvchi sifatida tergovga jalb qilingan. 

Jinoyat ishi doirasida Shohida Salomovaning ruhiy holatini tekshirish maqsadida unga nisbatan sud-psixiatrik ekspertiza tayinlangan. Sud ajrimiga asosan gumon qilinuvchi Shohida Salomova tibbiy muassasaga joylashtirilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

470

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing