Bloger Olimjon Haydarov tovlamachilikda gumonlanib qo‘lga olindi
3-sahifa
−
29 iyul 2023
14573Bugun, 29 iyul kuni bloger Olimjon Haydarov Farg‘ona viloyati huquq tartibot organlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Aytilishicha, Haydarov joriy yilning 12 iyun kuni “Qo‘qon Istiqlol” savdo kompleksida norasmiy savdo faoliyati bilan shug‘ullangan tadbirkorlarning ishonchiga kirib, ularda norozilik kayfiyatini uyg‘otish orqali, savdo komplekslaridagi rekonstruksiya ishlari bo‘yicha salbiy mazmundagi maqolalarni o‘ziga tegishli ijtimoiy tarmoq kanallariga joylashtirgan.
Qo‘shimcha ravishda, bloger “Qo‘qon Istiqlol” savdo kompleksi MCHJ rasmiylaridan tovlamachilik yo‘li bilan moddiy mablag‘ undirishga urinib, o‘zi tomonidan tayyorlangan “Qo‘qonda huquqiy demokratik boshqaruvmi yoki shar’iy boshqaruvmi?” nomli salbiy mazmundagi maqolani internet tarmoqlarida tarqatmaslik evaziga, 10 ming AQSH dollarini tovlamachilik yo‘li bilan talab qilib, undan umumiy qiymatda 7,5 ming AQSH dollarini qo‘lga kiritib, qo‘shimcha 2.500 AQSH dollarini olayotgan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi