Bloger-bokschi o‘z maqsadi yo‘lida UFC’ga sarmoya kiritdi

Sport

image

YouTube blogeri Jeyk Pol o‘zining Twitter sahifasida Amerika promouterligiga o‘zgartirish kiritish niyatida UFC’ning bosh kompaniyasi – Endeavour’ga sarmoya kiritgani haqida yozib qoldirdi.

Pol haligacha, UFC jangchilarining maoshini oshirish va ularga munosib tibbiy yordam ko‘rsatish sharoitlarini yaxshilashga intilmoqda.

Avvalroq Jeyk tashkilot prezidenti Dana Uayt bilan ligadagi jangchilarning kam maoshi tufayli bir necha bor dahanaki janjal qilgan. Keyinchalik Uayt Polning janglarda ishtirok etishiga ruxsat berishi mumkin ekanini aytgan. 

Shuningdek, 24 yoshli Jeyk yengil vazn toifasida UFC sobiq chempioni Habib Nurmuhamedovga tegishli “Eagle FC” promousheniga ham taklif qilingan.

Ma’lumot uchun, 2021 yilning dekabrida Pol boks qoidalari bo‘yicha o‘tkazilgan bahsda UFC sobiq chempioni Tayron Vudlini nokautga uchratgan va promoushen yulduzi Xorxe Masvidalni agar Dana Uayt u taklif qilgan shartlarga rozi bo‘lsa, boks yoki MMA qoidalari bo‘yicha jang qilishga tayyor ekanini ma’lum qilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

36

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing