Blinken va Lemmi Kiyevga bordi

Olam

image

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken va Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi bugun, 11 sentyabr kuni Kiyevga bordi.

Ikki davlat Tashqi ishlar idoralari rahbarlari Ukraina poytaxtiga Polshadan poyezdda yetib keldi. Ularning Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvi Kiyevning G‘arb qurollari Rossiya hududidagi harbiy nishonlarga zarba berishga ruxsat berish haqidagi iltimosiga bag‘ishlanishi kutilmoqda.

Blinken va Lemmi Ukraina hukumatining yuqori martabali amaldorlari bilan ham uchrashishi rejalashtirilgan.

Bir necha kun oldin Zelenskiy Rossiya ichidagi nishonlarga hujum qilish uchun G‘arbning uzoq masofali qurollaridan foydalanishga ruxsat berishga chaqirdi. Qo‘shma Shtatlar Ukraina Prezidentining bu iltimosini ma’qullamadi.

“Men bitta aniq imkoniyat hamma narsani o‘zgartirishiga ishonmayman”, deydi AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Germaniyadagi Ramshteyn aviabazasida Ukraina bo‘yicha aloqa guruhi yig‘ilishi chog‘ida.

Avgust oyi oxirida Ukraina Mudofaa vaziri Rustam Umarov AQSHga tashrifi chog‘ida Amerika tomoniga Rossiya hududidagi nishonlar ro‘yxatini ularga zarba berish uchun topshirdi.

“Ukraina xalqini Rossiya terroridan himoya qilish uchun nima qilish kerakligini tushuntirdik... Umid qilamanki, bizni eshitishdi”, deydi u CNN telekanaliga bergan intervyusida.

Umarovning so‘zlariga ko‘ra, bunday hujumlarni amalga oshirish uchun Amerikaning uzoq masofali ATACMS raketalaridan foydalanish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing