Blinken Rossiyaga qarshi hujjat stol ustida turganini aytdi

Olam

image

Ukraina bo‘yicha qandaydir xalqaro tribunal yaratish masalasi stol ustida turibdi. Bu haqda kecha, 5 dekabr kuni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken “The Wall Street Journal” nashri konferensiyasida ma’lum qildi. 

“Bo‘layotgan voqealar uchun javobgarlik bo‘lishi juda muhim. Men oldindan aytmoqchi emasman,  lekin ma’lumot to‘planishi muhim”, deydi u Ukrainadagi voqealar bo‘yicha Rossiyaga nisbatan xalqaro tribunal tashkil etishga to‘xtalib.  

O‘tgan hafta Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen Ukrainadagi urush uchun Rossiyaning yuqori mansabdor shaxslarini javobgarlikka tortish uchun "ixtisoslashtirilgan sud" yaratish g‘oyasini ilgari surdi. Kreml esa taklif qilingan tribunallar hech qanday qonuniylikka ega bo‘lmasligini aytib chiqdi. 

Shuningdek, Ukraina tomoni mamlakatda 2014 yil fevralidan buyon sodir bo‘lgan voqealar bo‘yicha maxsus tribunal tashkil etishni taklif qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

305

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing