Blinken Rossiya va Xitoy xalqaro maydonda AQSHni siqib chiqarayotganini tan oldi

Olam

image

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenning aytishicha,  Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Amerika tanazzulga yuz tutayotganiga, o‘z mavqeini yo‘qotayotganiga ishontirishga harakat qilmoqda. Shuningdek, u AQSHni davlatlar ichida yetakchilikni yo‘qotmaslik uchun yaxshiroq harakat qilishga chaqirgan. Bu haqda Blinken bugun, 10 avgust kuni Merilend universitetida aytib o‘tdi.

Davlat kotibining aytishicha, Rossiya va Xitoy rasmiylari Qo‘shma Shtatlarining “ochiq va shaxsiy tanazzuli” haqida ko‘p gapirishadi. Bu ikki davlat "dunyoning avtoritar ko‘rinishi"ni Amerikaning "demokratik" yondashuvidan ustunligiga ishonishadi.

“Biz ularga qarshi yetarlicha kuchimiz borligini birma-bir eslatib qo‘ya olamiz”, deydi Blinken Merilend universitetidagi o‘z nutqida.

Shu bilan davlat kotibi Rossiya va Xitoyga AQSH ning “kuchli mamlakat” ekanini eslatib qo‘ydi.

Shuningdek, Davlat kotibi Rossiya va Xitoy AQSHni jahon maydonidan asta -sekin siqib chiqarayotganini ham tan oldi. Buning isboti sifatida, AQSHning  mamlakat infratuzilmasi sifati bo‘yicha 13-o‘ringa pastlaganini, shuningdek, davlatning yalpi mahsulotga mutanosib holatda innovatsiyalarga sarmoya kiritish bo‘yicha to‘qqizinchi o‘ringa tushib ketgani keltirilgan.

Xabarda keltirilishicha, Blinken AQSHning global yetakchiligini saqlab qolish uchun davlatni “ichki yangilanish”ga sarmoya kiritishga chaqirgan.

Durdona Pirnazarova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

58

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing