Blinken kutilmaganda Kiyevga bordi: Kun tartibida harbiy yordam masalasi
Olam
−
08 Sentabr 2022 7045 1 daqiqa
Bugun, 8 sentyabr kuni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken e’lon qilinmagan tashrif bilan Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish masalasida Kiyevga bordi. Bu haqda “Agence France-Presse” xabar berdi.
Unga ko‘ra, Blinken Ukraina va qo‘shni davlatlarga harbiy yordam uchun 2,7 milliard dollarga yaqin mablag‘ ajratish masalasini muhokama qilmoqchi.
“Bu Rossiya maxsus operatsiyasi boshlanganidan beri AQSH davlat kotibining Ukraina poytaxtiga ikkinchi tashrifidir”, deb yozadi agentlik.
“Associated Press” agentligining qayd etishicha, Blinken Ukrainaga AQSHning qo‘llab-quvvatlayotganini namoyish etish uchun kelgan.
Eslatib o‘tamiz, 7 sentyabr kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukrainaga 675 million dollarga baholangan yangi yordam transhini tasdiqlagandi.
Farangiz Salimova
Live
Barchasi