“Bizning siyosiy ta’sirimiz – neft”. Sovet Ittifoqi nima uchun quladi?

Tahlil

image

1991 yil fevral oyida neft narxi keskin tushib ketdi. Sovet rahbarlari hayratda qoldi: Moskva va Vashington o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilandi, Sovuq urush tarixga aylanmoqda. Tovar bozorlarini manipulyatsiya qilish va bir-birining iqtisodiyotiga putur yetkazish uchun hech qanday sabab yo‘q. Ammo, aynan mana shu omil “o‘lim”ga olib keldi. Rejalashtirilgan iqtisodiyot buzilib, Sovet Ittifoqi quladi.

“Neft narxi Xudodan”

“Neft narxi Xudodan”, deb hazil qilardi Sovet amaldorlari. Bu haqda SSSR tadqiqotchisi Stiven Kotkin “Predotvraenniy Armageddon” kitobida yozadi. Darhaqiqat, iqtisodchilar qanday bashorat qilishlaridan qat’i nazar, “qora oltin” narxi ko‘pincha oldindan aytib bo‘lmaydigan voqealarga bog‘liq edi.

Masalan, saksoninchi va to‘qsoninchi yillarning boshlarida Brent markali neftning bir barreli 18 dollarga teng edi. Rejalashtirilgan iqtisodiyot zo‘rg‘a ushlab turildi, ittifoq respublikalari esa umumiy defitsitdan shikoyat qildi.

1985 yilda Mixail Gorbachyov tomonidan boshlangan islohotlar sikli – qayta qurish arafasida neft narxi 32 dollardan 10 dollarga tushdi. Valyuta defitsiti sharoitida mamlakatni yangilash qiyin bo‘lib qoldI. Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlariga energiya manbalari eksportini kamaytirish kerak edi.

“Biz avvalo o‘z xalqimizga g‘amxo‘rlik qilishimiz kerak. Ittifoqchilarga neftni jahon narxlaridan besh-olti baravar arzonroq narxlarda yetkazib berish xayolimizga ham kelmasin”, degandi Gorbachyov g‘azablanib.

Shuningdek, sobiq Prezidentdan quyidagicha iqtiboslar ham mavjud:

“Bizning Polsha, Latviya, Litva va Estoniyadagi ta’sirimiz 90 foiz neftga asoslangan. Mafkura va sovet qo‘shinlari bu mamlakatlarga deyarli ta’sir qilmaydi”.

Eksport tiklandi, ammo bu yordam bermadi. 90-yillarning boshlarida Boltiqbo‘yi davlatlari Ittifoqdan chiqishini e’lon qildi. Kavkazda ham suverenitet haqida o‘ylashni boshladi.

“Qora oltin”ga intilish

Neft bozoridagi beqarorlikni ko‘pincha Saudiya Arabistoni qo‘zg‘atgan. Dastlab 1985 yilda, keyin 1991 yilda Ar-Riyod ishlab chiqarishni keskin oshirdi, bu esa energiya manbalarining narxlarini pasayishiga olib keldi. Saudiyaliklar o‘z harakatlarini OPEK davlatlari tomonidan imzolangan shartnomalarga rioya qilmaslik bilan izohladi: ular go‘yoki nasoslarni ko‘paytirgan va arablar kam daromad olayotgan edi.

Eksportchilar o‘rtasidagi ziddiyatlar faqat siyosat bilan chegaralanmagan, ammo siyosat doimo oraga aralashgan. Sovuq urush birinchi navbatda neft bozoridagi vaziyatni belgilovchi barometr vazifasini bajargan.

Masalan, 1979 yilda Sovet Ittifoqining Afg‘onistonga bostirib kirishi Fors ko‘rfazi monarxiyalarida shov-shuvga sabab bo‘ldi. Saudiya Arabistoni ochiq mujohidlar tomoniga o‘tdi, ularni qurol va pul bilan ta’minladi. Ammo Moskvada qasos olishidan qo‘rqish paydo bo‘ldi. Saudiyaliklar yadroviy qudratli davlatga qarshi yakka tura olmadi, shuning uchun ular AQSHga murojaat qildi.

“Amerikaliklarning Yaqin Sharqqa bo‘lgan qiziqishi doimo “qora oltin”ga qaratilgan edi. Oq uy hanuzgacha energiya tashish yo‘llarining uzilishini xavfsizlikka tahdid deb biladi. Ar-Riyod yordam so‘ragan zahoti Vashington bunga javob berdi. Arablarning qo‘llab-quvvatlashi neftning arzon narxlarini va’da qildi, Bu ayniqsa, Qo‘shma Shtatlarni o‘ziga tortdi”, deydi Yaqin Sharq bo‘yicha mutaxassis Ruslan Mamedov.

Vashington tushirilgan narxlar Sovet iqtisodiyotida muammolarga olib kelishini tushungan. Ammo zararning ko‘lami ma’lum emas edi. 1991 yilgacha G‘arb razvedka xizmatlari hisobotlarda “Sovet Ittifoqida iqtisodiy inqirozga oid alomatlar yo‘q” deya ta’kidlab keldi.

Sahna ortidagi Amerika

Maxfiy xizmat bo‘yicha maslahatchi Richard Pipes sotsializmni neft bozorlarining qulashi hisobiga silkitishni taklif qildi.

“Sovet iqtisodiyotining neft narxlari kon’yunkturasiga bog‘liqligi aniq. Energiya bozoridagi beqarorlik sotsialistik mamlakatlar hayotini jiddiy ravishda murakkablashtiradi”, deb yozadi u o‘zining ”Kommunizm” kitobidagi eslatmalarida.

Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Uilyam Keysi, raqiblarning iqtisodiy qudratiga putur yetkazishga mas’ul bo‘lgan. U Pipesning g‘oyalariga shubha bilan qaragan, ammo bu taklif baribir Prezident e’tiboriga havola etilgan. Bu haqda AQSHning qirqinchi Prezidenti Ronald Reyganning kundaligi va Oq Uyning 1981 yil 26 martdagi brifingida qayd etilgan.

“Yetmishinchi yillardan boshlab Sovetlar xalqaro savdoga tobora qaram bo‘lib qoldi. Dunyo bozoriga don va neft eksporti sotsialistik byudjetni to‘ldirishning asosiy manbalari hisoblanadi”, deb yozadi Reygan.

Prezident bunday bahslardan hayratda qoldi. Unga rejali iqtisodiyot yopiq, jahon savdosidan mustaqil bo‘lib tuyuldi. Moskvaning qurollanish uchun sarflagan mablag‘larini hisobga olgan holda, Reygan Sovetlarga hech qanday xavf tug‘dirilmasligiga shubha qilmadi.

1982 yil noyabrda Amerika rahbari Milliy xavfsizlik bo‘yicha direktivani imzoladi. Maxsus xizmatlarga Sovet iqtisodiyotini zaiflashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Ammo Ittifoqning qulashi haqida gap yo‘q edi. Vashingtonda hech kim buning iloji borligiga ishonmagan.

Yaqin Sharqdagi shtormlar

Neft narxiga ta’sir qiluvchi uchinchi omil ham mavjud edi. 1991 yilda Saddam Xuseyn Quvaytga bostirib kirdi va “qora oltin” narxi ko‘tarildi. Fors ko‘rfazidagi mojaro energiya bozorida beqarorlikni keltirib chiqardi.

1980 yillarda dunyodagi eng yirik energiya ta’minotchilari – Iroq va Eron o‘zaro kurash olib bordi. Amerikaliklar Tehronning ta’siriga putur yetkazish umidida Xuseynga yordam berdi. Mojaro ikkala mamlakat iqtisodiyotini yomonlashtirdi va Bag‘dod tashqi sheriklar bilan hisob-kitoblarini to‘lashiga to‘g‘ri keldi.

Iroq rahbari qarzlarni to‘lashni talab qildi. Eron bilan urush deyarli o‘n yil davom etdi. Huseyn bu Oyatulloh rejimini arablarga va amerikaliklarning mintaqadagi asosiy ittifoqchisi Isroilga hujum qilishdan qaytarishini ta’kidladi. Ammo uning dalillari rad etildi. Keyinchalik u byudjet daromadlarini oshirish va narxlarning ko‘tarilishi sababli kreditlarni to‘lash uchun ishlab chiqarish kvotasini pasaytirishni so‘radi. Va yana rad etildi.

Xuseyn qo‘shni Kuvaytni neft o‘g‘irlashda aybladi va u bilan urushga kirishdi. AQSH Iroqqa qarshi chiqdi. Arab monarxiyalari va G‘arb ittifoqchilarining ko‘magi bilan Fors ko‘rfazida “Cho‘l bo‘roni” operatsiyasi boshlandi.

“Neft narxi tushib ketdi va Sovet Ittifoqi bundan aziyat chekdi. Ammo to‘qsoninchi yillarda Sovuq urush tugadi. Moskva Vashington bilan aloqalarni o‘rnatdi va “Cho‘l bo‘roni” operatsiyasiga qarshi chiqmadi. Amerikaliklar uchun hozirda Yaqin Sharqda kimning xo‘jayin ekanligini ko‘rsatish muhim edi. Natijada, neft narxining pasayishi ularning qo‘lida o‘ynadi, ammo Ittifoqning pozitsiyasi yomonlashdi” deydi Mamedov.

“Cho‘l bo‘roni” operatsiyasi o‘rtasida Yevgeniy Primakov Yaqin Sharq mamlakatlari rahbarlari bilan uchrashdi. Kuvayt amiri unga Xusseynning Eron-Iroq urushi paytida yordami uchun “minnatdor emasligi” haqida shikoyat qildi.

Iroq rahbari Kuvaytning bosib olinishini Primakovga “G‘arbning fitnasi”, deya tushuntirdi.

“Quvayt Saudiya Arabistoni bilan kelishuvga binoan AQSH bosimi ostida neft narxini keskin pasaytirishga qaror qilganida, men jim turolmadim”, deya tushuntirgan Xuseyn.

Yig‘ilib qolgan muammolar

Biroq, G‘arb SSSRning qulashi uchun kotirovkalarni tushirdi, deb aniq aytmaslik kerak. Aksariyat tarixchi va iqtisodchilar bir necha o‘n yillar davomida Sovet iqtisodiyotida muammolar to‘planib kelgan degan fikrga qo‘shiladi. Yoqilg‘i bozorining qulashi faqatgina Ittifoq qulashiga turtki bo‘lgan, xolos.

“Ittifoqning dunyo miqyosidagi nisbiy farovonligi va eksklyuziv ta’siri petrodollar uchun sotib olindi. Sovet Ittifoqi o‘sib borayotgan shaharlarni oziq-ovqat bilan ta’minlay olmagani sababli ular oziq-ovqat olib kirdi. Katta mablag‘ tanklar va raketalarni sotib olishga sarflandi”, deydi energetika xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis Mixail Overchenko.

Rossiyalik iqtisodchi, to‘qsoninchi yillarning boshlarida Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari Yegor Gaydar nutqlari va kitoblarida “Sovet tizimining kutilmagan qulashi samarasiz siyosiy va iqtisodiy tuzilish natijasidir”, deya bir necha bor ta’kidlagan. U tez-tez SSSRning qulashi xalqaro hiyla-nayranglarning natijasi deb hisoblaganlarni tanqid qilgan.

“Agar biz ushbu pozitsiyani egallasak, 1980 yillarning oxiri va 1990 yillarning boshlarida mamlakatimizda sodir bo‘lgan voqeani izohlash qiyin emas. Biz Rossiyada o‘z muammolarini chet el fitnalari bilan bog‘lashning uzoq an’ana borligini ham hisobga olishimiz kerak”, deydi Gaydar.

G‘arb rahbarlari va iqtisodchilar Sovet iqtisodiyotining qudratiga ishongani uchun tanqid qilingan. Uni qutqarish uchun Gorbachyov Yevropa va Qo‘shma Shtatlarga kredit olish uchun murojaat qildi, ammo ular uning iltimoslarini jiddiy qabul qilmadi. Ajratilgan mablag‘ yetarli emas edi. 1991 yilning dekabrida SSSR quladi.

Neft narxining qulashi 1990 yillardan boshlab sodir bo‘lgan. Buning oqibatlari kuch-qudrati energiya ta’minotiga bog‘liq bo‘lgan davlatlarning siyosati va iqtisodiyotiga og‘riqli ta’sir ko‘rsatdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

361

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing