Biznesga aylangan farmatsevtika. Odamlar reklamaga ishonadimi?
Jamiyat
−
12 fevral
5542Taniqli so‘z ustasi Hojiboy Tojiboyevning mana bu gapini eshitmagan odam bo‘lmasa kerak: "Mazza qilib reklama ko‘rib o‘tirsang, kino boshlanib qoladi". Bu ibora so‘nggi kunlarda yana ommalashmoqda. Chunki xoh televideniyeda bo‘lsin, xoh tarmoqlarda uzatiladigan materialdan reklama ko‘p. Ayniqsa, dorilarning reklamasi. Xo‘sh, o‘zi odamlar reklama qilingan dorilarni sotib oladimi? Bunday preparatlar qay darajada ishonchli? QALAMPIR.UZ shu kabi savollar bilan aholiga yuzlandi.
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, aholining katta qismi reklama qilingan dorilarga ishonmaydi va sotib olmaydi.
"Ba’zilari yomon chiqayotganini ommaviy axborot vositalarida ko‘ryapmiz. Boshqa kasalliklarni keltirib chiqaryapti. Faqat sinovdan o‘tganlarini yaxshi, desa bo‘ladi", deydi respondentlardan biri bunday dorilarning sifatiga shubha borligi haqida gapirar ekan.
Shuningdek, yana bir ishtirokchi onlayn dori sotib olganidan afsusda ekanligini bildirdi.
"Oldin olib ko‘rganman. Internetdan ham buyurtma qilganman. Ammo pand yeganman. Shuning uchun hozir ishonmayman", deydi u.
Qatnashchilarning katta qismi dorilar biznes va pul topish uchun reklama qilinishiga ishonadi.
Bundan tashqari, ishtirokchilardan biri reklama qilingan dorilarni sotib olmasligini aytar ekan, "Dok-1 Maks" siropi bilan sodir bo‘lgan voqeani eslatdi. Yana bir respondent esa import qilib olib kirilgan har qanday dori ham ishonchli bo‘lmaydi, deb hisoblaydi.
“Birinchi o‘rinda sifatiga qarash kerak. Chet elniki desa «uchib ketavermaslik» kerak. O‘zim farmatsevtika sohasida o‘qiyman”, deydi u.
Shuningdek, boshqa bir qatnashchi antibiotiklardan kamroq foydalanishni tavsiya qildi.
"Dorilardan reklamaga qarab emas, shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra, foydalanaman. Dorilardan nihoyatda ehtiyot bo‘lib foydalanishni tavsiya qilaman. Ayniqsa, antibiotiklardan. O‘zimning farzandlarimga faqatgina avvalgi oddiy dorilarni berganman. Kuchli 3-4 avlod antibiotiklaridan foydalanishni tavsiya qilmayman”, deydi ayol.
Xo‘sh, sizchi? Reklama qilingan dorilarga ishonasizmi? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring. So‘nggi yangiliklarni QALAMPIR.UZ'da kuzatib boring!
LiveBarchasi