Bizlarni bu holatga olib kelganlar suvdan quruq chiqib ketmaydi – Umurzoqov
Jamiyat
−
09 dekabr 2022
22811O‘zbekistonda energetika sohasining bugungi holatga tushishiga sababchi bo‘lganlar suvdan quruq chiqmaydi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan mutanosib ta’minlash masalalarini tezkor va tizimli hal etish bo‘yicha Respublika shtabi yig‘ilishida so‘z ochdi.
“Bizlarni bu holatga olib kelganlar suvdan quruq chiqib ketmaydi. Ularning ba’zilari hozir ichimizda, yig‘ilishda o‘tiribdi”, deydi Administratsiya rahbari.
Uning qayd etishicha, “O‘ztransgaz”ga qarashli kompressor stansiyalarida ham jiddiy kamchiliklar mavjud. Jami 37 ta agregatdan 21 tasi ta’mirtalab.
“Jo‘rabek Tursunpo‘latovich (Energetika vaziri), Bekzod Rahmatullayevich (“O‘ztransgaz” rahbari) barcha agregatlar zudlik bilan ishchi holatiga keltirilishi zarur. Nosoz agregatlar boshqa qurilmalar zo‘riqish bilan ishlashiga olib kelib, texnik nosozliklar kelib chiqishiga va iste’molchilarni barqaror tabiiy gaz bilan ta’minlash imkonini yo‘qqa chiqaradi”, deydi Umurzoqov.
Shuningdek, u hududlarda yo‘l qo‘yilgan cheklov va yuz bergan avariyalar oqibatida elektr energiyasining uzilishi aholining e’tiroziga sabab bo‘layotganini aytdi.
Masalan, Buxoro, Navoiy, Farg‘ona va Toshkent shahrida 1485 ta mahalla kunning ma’lum bir vaqtida elektr ta’minotisiz qolgan.
Umurzoqov “O‘zbekenergo” AJ raisi Ulug‘bek Mustafoyevga respublika hududlarida avariyalarni bartaraf qilish bo‘yicha brigadalar sonini ko‘paytirish va avariyalarni to‘liq bartaraf etish choralarini ko‘rishni topshirdi.
Administratsiya rahbariga ko‘ra, ko‘mir yetkazib berish ko‘rsatkichlari Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala (20 foiz) va Qarshi (38 foiz) tumanlarida hamda Navoiy viloyatining Karmana tumanida (22 foiz) ancha past darajada qolmoqda.
U Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev, “O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori o‘rinbosari Erkin Yakubov) “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi Husniddin Xosilovga ko‘mir yetkazib berish bo‘yicha tasdiqlangan yetkazib berish garfigi ijrosini qat’iy ta’minlashni buyurdi.
LiveBarchasi