“Bizga qancha ukrainalik o‘lishining qizig‘i yo‘q”. AQSH sobiq senatorining gaplari internetni “larzaga soldi”
Olam
−
27 avgust 2022
29532Vashingtonga qancha ukrainalik halok bo‘lishi qiziq emas, chunki AQSH rasmiylari uchun Rossiya-Ukraina mojarosi futbol o‘yinidek gap. Bu haqda AQSH Kongressi Senatining sobiq a’zosi Richard Blek aytib o‘tgan. Uning so‘zlari esa ijtimoiy tarmoqlarda "virus" kabi tarqaldi.
Blekning fikricha, Rossiya bosqinni oldindan rejalashtirmagani aniq. Ukraina Donbassga hujum qilmasligi uchun Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga bostirib kirishga majbur bo‘lgan.
Sobiq senatorga ko‘ra, 2021 yilning dekabrida Putin keng ko‘lamli urush boshlanishining oldini olish uchun katta sa’y-harakatlar qilgan.
“NATO esa Rossiya tomonining inqirozdan chiqish yo‘li bo‘yicha takliflarini shunchaki e’tiborsiz qoldirdi. Natijada Putin Donbass va o‘z mamlakati chegaralarini himoya qilish uchun "maxsus harbiy operatsiya"ni boshlashga majbur bo‘ldi”, deydi Blek.
Shuningdek, sobiq senator Rossiyaning Ukrainaga bosqinini Adolf Gitler Germaniyasining Polshaga bostirib kirishi bilan qiyoslagan.
Uning qayd etishicha, Rossiya Ukrainadagi tinch aholiga va tinch binolarga zarar yetkazmaslikka harakat qilmoqda, chunki u ukrainaliklarni o‘zining slavyan birodarlari deb biladi.
"Rossiya havoda to‘liq hukmronlik qilmoqda. Lekin Rossiya samolyotlari Kiyev markazini, hukumat binolari va mahallalarni, Ukraina uchun muhim energiya va suv infratuzilmasini bombardimon qilmayotganiga e’tibor bering. Buning sababi shundaki, Rossiya hali ham urushning tinch yakunlanishiga umid qilmoqda", deydi Blek.
Respublikachi, shuningdek, Ukraina qishlog‘ida tinch aholi oldida rus tankining to‘xtab turgani aks etgan mashhur videoni eslagan.
“Vetnamda bunday vaziyatda amerikalik tank ogohlantiruvchi o‘q ham uzmagan holda oddiygina olomon orasidan o‘tib ketardi”, deydi u.
Blek o‘z so‘zlarini sarhisob qilar ekan, Ukraina Rossiya bilan tinchlik haqida kelisha olmasligini aytib o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday qaror faqat Oq uyda qabul qilinishi mumkin, ammo hozircha Qo‘shma Shtatlar Rossiya-Ukraina mojarosi davom etishini istaydi va “oxirgi ukrainalik o‘lgunicha” to‘xtamaydi.
LiveBarchasi