Bizda hozir adolatsiz tizim, u qonunga to‘g‘ri kelmaydi – Prezident

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Senatning birinchi yalpi majlisidagi nutqida mahalliy kengashlar faoliyatini kuchaytirish, ijro organi aralashuviga chek qo‘yish masalasiga alohida to‘xtaldi. Davlat rahbari bu haqda gapirarkan, o‘zi hokim bo‘lgan davrlarni yodga oldi. 

“Samarqand viloyati hokimi bo‘lib, viloyati aparatiga bo‘lim boshlig‘ini qo‘yolmasdim, byudjetdan bir so‘m pul olish uyoqda tursin. Viloyat hokimining kuchi, ta’siri, qonuniy hech qanday ilojisi yo‘q edi.  

Viloyat hokimligini “remont” qilishga, rayon hokimligining zalini “remont” qilib berishga bir so‘mi yo‘q edi. Mana, hozir boringlar ko‘p rayonlar Toshkentdan yaxshi. Bitta narsani qildik. Qonun – ustuvor, jazo – muqarrar. Byudjet o‘zlarida qoldi”, deydi davlat rahbari. 

Prezident so‘zida davom etarkan, 30 yil davomida qarsak chalishni chiroyli o‘rganilganini urg‘uladi. U mahalliy kengashlarning vakolatlarini oshirish, ijro hokimiyatining aralashuviga chek qo‘yishni ta’kidladi. 

“Biz taqdirimizga yengil-yelpi qaradik. Bugun shoshmay muhokama qilamiz. Shoshilib bo‘ldik. Shuncha xato qildik. Kengash nazorati bo‘lgan joyda iqtisodiyotda, obodonlashtirishda, odamlarning kayfiyatida o‘zgarish bo‘lganini ishontirish kerak. Agar shu tizimni qilib, sekin-sekin o‘z vakolatilarni kengashlarga berib, (hokimlarga yuklanib) sizlar ham kengashga bo‘ysunish tizimiga o‘tsak adolatli bo‘ladi. Bizda hozir adolatsiz tizim. U qonunga to‘g‘ri kelmaydi. Kengash raisi ijro organi rahbari. Biz buni juda katta mehnat bilan amalga oshirishimiz kerak”, deydi Shavkat Mirziyoyev.   


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

184

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing