Biz javobni o‘ylab qo‘yganmiz – Bayden KXDRning ehtimoliy yadroviy sinovi haqida

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden o‘zining Osiyoga safari chog‘ida KXDR amalga oshirishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan, jumladan, yadro sinovi o‘tkazilishidan xavotirda emasligini aytdi, chunki Amerika tomoni Pxenyan qo‘ygan har qanday qadamga javob berish haqida o‘ylagan. Baydenning Oq uy saytida translyatsiya qilingan nutqi shunday deyiladi.

“Shimoliy Koreya nima qilsa ham, biz tayyormiz. Biz ular nima qilgan taqdirda ham, harakatlariga javobni o‘ylab ko‘yganmiz. Shuning uchun hech narsadan xavotirda emasman”, degan AQSH yetakchisi jurnalistlarning KXDR tomonidan ehtimoliy yadroviy sinovidan xavotiri haqidagi savolga.

Avvalroq AQSH Prezidentining Milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan Qo‘shma Shtatlar Baydenning Osiyoga safari chog‘ida KXDR tomonidan provokatsiya, yadro yoki raketa sinovlari o‘tkazilishini istisno qilmasligini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 may kuni AQSH Prezidenti Janubiy Koreyaga uch kunlik tashrif bilan bordi. Kecha, 21 may kuni Janubiy Koreya yetakchisi Yun Sok Yol bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Keyinchalik Bayden Yaponiyaga boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

431

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing