“Biz o‘lishni xohlamaymiz”. Argentinada qo‘zg‘alon ro‘y berdi
Olam
−
25 aprel 2020 11343 1 daqiqa
Argentina poytaxti Buenos-Ayres qamoqxonasida koronavirus tufayli isyon ko‘tarilib, to‘qqiz soatdan ko‘proq davom etdi. Bu haqda vaqt “Infobae” portali xabar bermoqda.
Kecha, 24 aprel kuni ertalab bir necha o‘nlab mahbusl Vilya Devoto hududidagi qamoqxonaning tomiga chiqishadi va “Biz o‘lishni xohlamaymiz”, deb yozilgan plakatlarni osib, matraslarga o‘t qo‘yishadi. Mahbuslar koronavirus sababli ularni ozod qilishni yoki uy qamog‘ida saqlashni talab qilib norozilik namoyishi o‘tkazdi.
Isyon natijasida penitensiar tizimning 11 nafar xodimi jabrlangan, ular yengil kuyishgan.
To‘qqiz soatdan so‘ng, mahbuslar va rasmiylar muzokara yo‘lini tanlashgan, qamoqdagilarning salomatligiga jiddiy e’tibor qaratiladigan bo‘ldi.
Argentinada 3435 odamda koronavirus aniqlangan, 976 kishi sog‘aygan, 167 kishi vafot etgan.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28