Biz turklar bilan dushmanmiz – Pashinyan
Olam
−
10 may 2021
12945Armaniston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Nikol Pashinyan mamlakatning “turklar bilan adovat" siyosati bo‘yicha pozitsiyasini ma’lum qildi. Bu haqda Pashinyan Gegarkunik viloyatining Martuni shahrida mahalliy aholi bilan uchrashuv vaqtida aytib o‘tdi.
“Men yana dushmanlik to‘g‘risida gapirmoqchiman. Bu mavzuni kim qasddan kun tartibiga chiqardi bilmayman. “Biz turklar bilan dushmanmizmi?”, degan savol o‘ylab topishdi. Albatta, biz turklar bilan dushmanmiz, ammo bu kimdir aytayotgani uchun emas. Ammo bu dushmanlik boshqariluvchi bo‘lishi kerak”, degan Pashinyan.
Bosh vazir mintaqaviy raqobatchilik boshqarib bo‘lmas ahvolga kelishiga yo‘l qo‘ymasligini, kelajak avlodga tinch va barqaror mintaqani qoldirish niyatida ekanini qo‘shimcha qildi.
Hozirda Turkiya va Armaniston o‘rtasida diplomatik aloqalar mavjud emas. Ikki davlat o‘rtasidagi chegara 1993 yildan buyon yopiq.
Davlatlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarga Anqara Ozarbayjonning Qorabog‘ muammosidagi pozitsiyasini qo‘llab quvvatlashi va Armanistonning 1915 yilda Usmonli imperiyasida yuz bergan etnik mojaroga genotsid tusini berishga urinishi sabab bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 aprel kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden 1915 yildagi etnik mojarolarni “genotsid” deb tan oldi. Turkiya AQSHning bu bayonotini tan olmadi.
Durdona Pirnazarova
LiveBarchasi