Biz sizlarga ishonib, balandparvoz gaplar gapirib yuribmiz – Prezident mahalla raisini tanqid qildi

Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning hafta davomidagi faoliyati aks etgan “Maxsus rakurs” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida Prezidentning Namangan viloyatiga tashrifi ham o‘rin oldi. Tashrifning ikkinchi kunida Prezident korteji o‘z yo‘nalishini kutilmaganda o‘zgartirib, shahardagi “Bunyodkor” mahallasiga kirib bordi.

Shavkat Mirziyoyev mahalla fuqarolar yig‘ini binosiga kirib borar ekan, u yerda yig‘ilib qolgan axlat uyumi va deyarli tashlandiq holatga kelib qolgan binoga ko‘zi tushdi. So‘ngra, Prezident sektor rahbari, shahar hokimi va mahalla raisini keskin tanqid qildi.

“Bu qanday yashash? Mo‘min-musulmon odamsizlar-ku, bu yerga daraxtlar ekib, yig‘ishtirib qo‘ysa bo‘ladi-ku. Avval daraxt ektir. Odamlar kelib ma’naviyat, ma’rifat olishi kerak. Sen qanday islohotchi bo‘la olasan? Men sizlarga katta-katta rejalar qo‘yyapman. Mahalla islohotchimish... Qanaqa islohotchi? Mening ishonchimni oqlab nima qilasan? Xalqning ishonchini oqlash kerak. Sen mening vakilimsan. Senga qarab, odamlar menga baho beradi. Mehmonlar kelsa, “mana, O‘zbekistonning yuzi”, deydi. Biz sizlarga ishonib, balandparvoz gaplar gapirib yuribmiz”, deydi Prezident mahalla raisiga.

Shundan so‘ng, Shavkat Mirziyoyev ahvol bilan yaqindan tanishish maqsadida mahalla oralab, piyoda ketdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

108

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing