Biz irqchi oila emasmiz – shahzoda Uilyam ukasi va keliniga javob qaytardi

Olam

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, Buyuk Britaniya shahzodasi Garri va uning rafiqasi Megan Markl mashhur amerikalik teleboshlovchi Opra Uinfri bilan suhbatlashgani haqida xabar bergandik.

Suhbatda juftlik qirollik oilasini irqchilikda ayblagandi.

Garrining akasi shahzoda Uilyam ushbu janjalli intervyuga javoban qirollik oilasi irqchi emasligini aytdi.

"Biz umuman irqchi oila emasmiz", degan u va bu borada hali ukasi bilan gaplashmaganini aytgan.

Bukingem saroyi ham intervyuda ko‘tarilgan irqiy masala qirollik oilasini tashvishga solayotganini aytgan.

"Butun oila Garri va Meganga so‘nggi bir necha yil ichida qanchalik qiyin bo‘lganini bilib xafa bo‘ldi. Ko‘tarilgan muammolar, xususan, irqiy masala tashvish uyg‘otmoqda", deyilgan saroy bayonotida.

Ma’lumot o‘rnida, Uels shahzodasi Charlzning kenja o‘g‘li Garri 2017 yil noyabr oyida amerikalik ajrashgan aktrisa Megan Markl bilan unashtirilgan. Ularning to‘yi 2018 yil 19 may kuni Vindzorda bo‘lib o‘tdi. Bir yil o‘tgach, ular Archi ismli o‘g‘il ko‘rdi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda Garri va uning rafiqasi qirollik oilasi bilan kelishgan holda “Zoti oliylari” unvoniga va SussexRoyal brendiga bo‘lgan huquqlaridan mahrum bo‘lib, rasmiy qirollik vazifalaridan voz kechganliklarini e’lon qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, ular buni moliyaviy mustaqillikka erishish uchun qilgan. Ushbu qaror 2020 yil mart oyida kuchga kirdi. Shahzoda bir yil ichida fikrini o‘zgartirishga haqli edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

95

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing