Biz energiyani isrof qilyapmiz – “Zamministr”

Jamiyat

Elektr energiyasini isrof qilishni to‘xtatmas ekanmiz, uzluksiz elektr ehtiyojni qoplay olmaymiz. Bu haqda Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev elektr energiyasi va gaz bilan bog‘liq uzilishlar xususida o‘tkazilgan matbuot anjumanida, jurnalistlarning "Biz qachon haqiqatda o‘chmaydigan energetika tizimiga ega bo‘lamiz?" degan savoliga, iste’molchilarni ayblab javob berdi. 

"Qachonki, biz isrof qilishni to‘xtatmas ekanmiz, ishlab chiqarishni oshirish evaziga talabni, to‘liq ehtiyojni hech qachon qoplay olmaymiz. Iqtisod qilishni o‘rganishimiz kerak. Faqat Energetika vazirligi yoki hukumat darajasida hal etiladigan masala emas. Bu – umummilliy g‘oyaga aylanishi kerak va bu borada sizlardan yordam so‘raymiz", deydi Energetika vaziri o‘rinbosari.

Sherzod Xo‘jayevga ko‘ra, targ‘ibot tashviqot ishlarinii yuritib, iqtisod qilishni o‘rganmasak, ta’minot oshirilsa ham baribir kimgadir “svet” va gaz yetib bormaydi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar hokimligi yog‘ingarchiliklardan so‘ng ko‘chalarni suv bosishiga aholining o‘zini aybdor qilib, kommunal va obodonlashtirish sohasi vakillarining asosiy kuchlari ariqlar va drenaj tizimlaridagi chiqindilarni chiqarishga va suv yo‘llarini ochishga qaratilganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

548

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing