Biz birinchi bo‘limda futbol o‘ynamadik – Klopp

Sport

image

“Vilyarreal”ning Yevropa Chempionlar ligasida amalga oshirgan ishlari aql bovar qilmaydigan darajada hayratlanarli. Bu haqda “Liverpul” ustozi Yurgen Klopp yarim final o‘yinidan keyin bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Shuningdek, germaniyalik murabbiy jamoasi birinchi bo‘limda futbol o‘ynamagani ham ta’kidlagan.

"Ikkinchi bo‘limda o‘yinning borishini o‘zgartirishimiz kerak edi. Biz o‘zgarishlar qilishimiz mumkinligini bilardim. Ikkinchi bo‘limdagi o‘yinimiz ajoyib bo‘ldi. Yigitlar haqiqatan ham o‘ziga xos ishni amalga oshirishdi. Hayotdagi eng muhim narsa: hamma ishlar siz xohlaganingizdek ketmasa, ushbu vaziyatdan qanday qilib chiqib ketishingizdir. Biz birinchi bo‘limda vaziyatga yetarlicha moslasha olmadik. 

“Vilyarreal”ga rahmat. Stadion, jamoa, murabbiy bularning barchasi ajoyib. Ular amalga oshirgan ishlar aql bovar qilmaydigan darajada hayratlanarli. Bizga bosim o‘tkazishdi. Natijada biz birinchi bo‘limda umuman futbol o‘ynamadik. Biz futbol o‘ynashni boshlashimiz kerak edi. Shuning uchun ikkinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadik va gollar urdik”, degan Klopp. 

Esaltib o‘tamiz, kecha 3 aprel kuni Yevropa Chempionlar ligasi yarim final javob uchrashuvlari doirasida, “Liverpul” “Vilyarreal” maydoniga safar qilib, 3:2 hisobidagi ishonchli g‘alabaga erishdi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Bugun, 4 aprel kuni yarim finalning ikkichi juftligi “Real Madrid” va “Manchester Siti” o‘zaro bahsda ikkinchi finalchi nomini aniqlab beradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

19

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing