Bitta postda 3 yil ishlagan bojxonachilar rotatsiya qilinadi – Prezident

Jamiyat

image

Endi bir oy muddatda bitta postda 3 yil ishlagan bojxona xizmati xodimlari rotatsiya qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022 yilda bojxona ma’murchiligini yanada takomillashtirish va sohani korrupsiyadan xoli tizimga aylantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilayotgan yig‘ilishda aytib o‘tdi.

Yig‘ilishda bojxona xodimlarining halol ishlashini ta’minlash va ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish - korrupsiyaga qarshi kurashishda eng muhim masala ekanligi ta’kidlandi.

Shu munosabat bilan:

•  bir oy muddatda bitta postda 3 yil ishlagan xodimlar rotatsiya qilinadi;

•  1 martdan barcha bojxona xodimlari faqat ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi;

•  bojxona tizimida xodimlar daromadi va mol-mulkini deklaratsiya qilish joriy etiladi;

•  bojxona xodimlarining faoliyati samarasiga qarab, ish haqiga 50 foizgacha qo‘shimcha ustama to‘lanadi. Bu ustamalar aniq ko‘rsatkichlar (KPI) asosida belgilanadi;

•  olis va sharoiti og‘ir postlarda ishlayotgan xodimlar ish haqiga qo‘shimcha ustamalar joriy etiladi;

•  bojxona xodimlariga maxsus unvon uchun ustamalar miqdori oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

228

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing