Bitkoin narxi o‘sishdan to‘xtamayapti. Rekord yana yangilandi
Texnologiya
−
20 fevral 2021
7101Bitkoin kriptovalyutasi narxi yana bir bor o‘zining tarixiy rekordini yangilab, 56 ming dollardan oshdi. Bu haqda "Binance" birjasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Toshkent vaqti bilan bugun, 20 fevral 02:25 holatiga ko‘ra, kriptovalyuta narxi 7,8 foizga o‘sib, 56 ming dollarni tashkil qilgan.
Eng yuqori nuqtada bitkoin narxi 56 ming 368 dollarga yetgan.
Ma’lumot o‘rnida, 2020 yil dekabr oyining ikkinchi yarmidan bitkoin narxi keskin ko‘tarila boshladi. 16 dekabr kuni kriptovalyuta 2017 yildan beri eng yuqori daraja bo‘lib saqlanib kelinayotgan 20 ming dollarlik narxini yangiladi. O‘shandan beri uning narxi faol ravishda o‘sib bormoqda.
Bitkoin – bu blokcheyn texnologiyasiga asoslangan, shu tizimda ishtirok etuvchi har qanday foydalanuvchi tomonidan “qazib olinishi” (chiqarilishi) mumkin bo‘lgan kriptovalyuta. Buning uchun tizimning yangi bloklarini yaratish kerak bo‘ladi.
Tizimning konsepsiyasi 2008 yil noyabr oyida o‘zini Satoshi Nakamoto deb tanishtirgan muallif (balki, mualliflar jamoasi) tomonidan chop etilgan. Lekin bitkoin mashhurligining eng yuqori darajasi so‘nggi yillarda qayd etilgan. Hozirgi paytga kelib ko‘pgina bitkoinlar allaqachon “qazib olingan” hisoblanadi.
LiveBarchasi