Bitkoin narxi tarixiy maksimumini yangiladi 

Texnologiya

image
0:00
0:00
download

Bitkoin kriptovalyutasi narxi savdolar paytida o‘zining tarixiy maksimal darajasini yangiladi. "Finam" portalining ma’lumotlariga ko‘ra, kriptovalyuta 0,65 foizga o‘sgan va 64 ming dollarga ko‘tarilgan.  

Bungacha bitkoinning narxi 62,5 ming dollargacha ko‘tarilgandi. 

Joriy yil 13 mart kuni bitkoin 61 844 dollarni tashkil qilib, tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkichni o‘rnatdi. 

Shundan so‘ng uning narxi tusha boshladi. Natijada, 25 mart kuni kriptovalyuta 50 427 dollargacha tushdi. 

Bitkoin – bu blokcheyn texnologiyasiga asoslangan, shu tizimda ishtirok etuvchi har qanday foydalanuvchi tomonidan “qazib olinishi” (chiqarilishi) mumkin bo‘lgan kriptovalyuta. Buning uchun tizimning yangi bloklarini yaratish kerak bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

bitkoin

Baholaganlar

135

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing