Bitkoin narxi psixologik nuqtadan o‘tdi

Texnologiya

image

Bitkoin kriptovalyutasining narxi 50 ming dollardan oshib, tarixiy rekordini yangiladi. Bu haqda "Binance" birjasidagi savdo ma’lumotlari darak bermoqda.

Raqamli valyutaning narxi 50 ming 689 dollargacha ko‘tarilgan.

Qayd etish kerakki, Amerikaning Tesla Inc. kompaniyasi bitkoinlarga 1,5 milliard dollar sarmoya kiritishi ortidan kriptovalyutaning narxi ko‘tarilishi tezlashdi.

Bitkoin – bu blokcheyn texnologiyasiga asoslangan, shu tizimda ishtirok etuvchi har qanday foydalanuvchi tomonidan “qazib olinishi” (chiqarilishi) mumkin bo‘lgan kriptovalyuta. Buning uchun tizimning yangi bloklarini yaratish kerak bo‘ladi. 

Tizimning konsepsiyasi 2008 yil noyabr oyida o‘zini Satoshi Nakamoto deb tanishtirgan muallif (balki, mualliflar jamoasi) tomonidan chop etilgan. Lekin bitkoin mashhurligining eng yuqori darajasi so‘nggi yillarda qayd etilgan. Hozirgi paytga kelib ko‘pgina bitkoinlar allaqachon “qazib olingan” hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

bitkoin

Baholaganlar

141

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing