Bitkoin narxi “qulashda” davom etmoqda 

Texnologiya

image

Bitkoin kriptovalyutasi narxi 10 foizdan ko‘proqqa tushib ketdi. Bu haqda "CoinMarketCap" ma’lumotlari darak bermoqda. 

Toshkent vaqti bilan bugun, 23 fevral kuni soat 11:43 gacha bitkoin narxi 10,91 foizga pasayib, 50 ming 105,98 dollarni tashkil etgan. 

Shu bilan birga, kriptovalyutaning kunlik minimal qiymati 48 ming 967,57 dollarni, maksimal qiymati esa 56 ming 574,21 dollarni tashkil etgan. 

Ma’lumot o‘rnida, bitkoinning narxi kecha, 22 fevral kuni rekord darajadagi 58 354 dollarga ko‘tarilganidan so‘ng keskin tushib ketgandi. 

2020 yil dekabr oyining ikkinchi yarmidan bitkoin narxi keskin ko‘tarila boshladi. Bitkoin narxi 16 dekabr kuni rekord darajada ko‘tarilib, 2017 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichdan oshib ketdi. O‘shandan beri u faol ravishda o‘sib keldi. 

Bitkoin – bu blokcheyn texnologiyasiga asoslangan, shu tizimda ishtirok etuvchi har qanday foydalanuvchi tomonidan “qazib olinishi” (chiqarilishi) mumkin bo‘lgan kriptovalyuta. Buning uchun tizimning yangi bloklarini yaratish kerak bo‘ladi. 

Tizimning konsepsiyasi 2008 yil noyabr oyida o‘zini Satoshi Nakamoto deb tanishtirgan muallif (balki, mualliflar jamoasi) tomonidan chop etilgan. Lekin bitkoin mashhurligining eng yuqori darajasi so‘nggi yillarda qayd etilgan. Hozirgi paytga kelib ko‘pgina bitkoinlar allaqachon “qazib olingan” hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

bitkoin

Baholaganlar

133

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing