Bitcoin narxi maksimum darajaga yetdi

Bu qiziq

image

Bugun, Toshkent vaqti bilan soat 16:10 da Bitcoin savdo sessiyasi davomida 1,02 foizga o‘sdi va 19,915 dollarni tashkil etdi.

Manbaga ko‘ra, kriptovalyuta o‘zining eng yuqori bo‘lgan narxini yangilagan, ya’ni, 2017 yilning dekabrida Bitcoin 19 891,99 dollarga teng bo‘lgan. 

Toshkent vaqti bilan soat 16:28 da Bitcoin kursi 19 405,7 dollarni tashkil etgan (-1,56 foiz). 

Bitcoin - bu blokcheyn texnologiyasiga asoslangan, shu tizimda ishtirok etuvchi har qanday foydalanuvchi tomonidan "qazib olinishi" (chiqarilishi) mumkin bo‘lgan kriptovalyuta. Buning uchun tizimning yangi bloklarini yaratish kerak bo‘ladi. 

Tizimning konsepsiyasi 2008 yil noyabr oyida o‘zini Satoshi Nakamoto deb tanishtirgan muallif (balki mualliflar jamoasi) tomonidan chop etilgan. Lekin Bitcoin mashhurligining eng yuqori darajasi so‘nggi yillarda qayd etilgan.Hozirgi paytga kelib ko‘pgina Bitcoin'lar "qazib olingan".


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

250

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing