Bishkekda G‘alaba kunini nishonlash bekor qilindi

Olam

image
0:00
0:00
download

Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda yuzaga kelgan keskin epidemiologik vaziyat tufayli G‘alaba kuni va Shahar kunini nishonlash bekor qilindi. Bu haqda shahar meriyasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, qaror shahar favqulodda epidemiya va epizootiyaga qarshi komissiyasining (CHPPK) yig‘ilishida qabul qilingan.

“Poytaxtda epidemiologik vaziyat keskinligicha qolmoqda, Bishkekdagi koronavirus pandemiyasi davrida koronavirus infeksiyasi va pnevmoniya bilan kasallanganlar soni 32 649 nafarni tashkil etdi, shu jumladan 20 aprel holatiga 117 yangi holat aniqlangan. Fuqarolarning xavfsizligi uchun 29 aprel – Shahar kuni va 9 may – G‘alaba kuni sharafiga ommaviy tadbirlarni o‘tkazmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, deyiladi shahar meriyasi xabarida.

Shahar ma’murlari fuqarolardan quyidagi sanitariya me’yorlariga rioya qilishni so‘ramoqda: niqob taqish, shaxsiy gigiyenaga rioya qilish, qo‘llarni antiseptik bilan tozalash va jamoat joylariga borishni cheklash va masofani saqlash.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

126

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing