Bishkek shahar hokimining o‘rinbosari hibsga olindi

Olam

image

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) xodimlari Bishkek vitse-meri Azat Uzoqovni korrupsiyada gumon qilib, hibsga oldi. Bu haqda bugun, 19 fevral kuni Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot markazi xabar berdi. 

“Aniqlanishicha, Bishkek vitse-meri Qirg‘iziston hukumati qurilish, transport va kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i bo‘lib turib, alohida kompaniya manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida korrupsiyaviy sxemani tashkil qilgan”, deyiladi xabarda. 

Maxsus xizmatlar ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi Davlat qurilish qo‘mitasi va mamlakatning Chuy viloyati rasmiylari bilan til biriktirib, maktablar qurgan qurilish kompaniyalaridan birining “manfaatlarini ilgari surish” bilan shug‘ullangan. 

Ularni qurish jarayonida tender qonunchiligi talablari, qurilish normalari va qoidalari buzilganligi, buning natijasida “ob’ektni soxta foydalanishga topshirish” amalga oshirilganligi qayd etilgan. Davlat budjetiga yetkazilgan zarar, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 10,8 million som (taxminan 127 ming dollar)ni tashkil qilgan. 

Hozirgacha mazkur qurilish ob’ektlarida birinchi qavat foydalanishga topshirilmagan, oshxona, sport zali, bino fasadi to‘liq jihozlanmagan, hudud obodonlashtirilmagan, yong‘in xavfsizligi tizimi yo‘q, elektr ta’minoti ishlari tugallanmagan.

Ushbu jinoyatga aloqadorlikda gumon qilinib, mer o‘rinbosaridan tashqari, “Davlatqurilish” boshqarmalaridan birining rahbari va qurilish kompaniyasi bosh direktori ham qo‘lga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

122

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing