Birja nimaligini bilmaydigan hokimlar ham bor – Mirziyoyev

Jamiyat 4158
image

O‘zbekistonda birja nimaligini bilmaydigan tuman hokimlari ham bor. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 17 may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektr yig‘ilishida ma’lum qildi.

“Hududlarning birja savdolaridagi ishtirokini kengaytirish bo‘yicha hokimlarning ish rejasi bilan tanishib chiqdim. Ochiq aytish kerak, hali aksariyat hokimlar masalani ichiga kirmagan, birja nimaligini bilmaydigan tuman hokimlari ham bor”, dedi davlat rahbari

Shu bois har bir viloyat, tuman va shahar hokimiga:

•  o‘z hududidagi tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning ishlab chiqarish quvvatlarini tahlil qilish;

•  aniq turdagi va miqdordagi mahsulotlarni birjaga olib chiqish bo‘yicha oyma-oy rejalarini tasdiqlash topshirildi.

Prezidentga ko‘ra, soha uchun har yili kamida mingta mutaxassis tayyorlab, ularning bandligini ta’minlashi zarur. Bunda kamida 100 ta nogironligi bor yoshlarni bepul o‘qitib, sohada ishga qabul qilish kerak.

Yulduz Abdurashidova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 133
Reyting: 3
t
×