Birinchi termoyadro bombasini ixtiro qilgan olim o‘z joniga qasd qildi

Olam

image

Birinchi Sobiq Ittifoq termoyadro bombasi ixtirochilaridan biri Grigoriy Klinishov Moskvada o‘z joniga qasd qilishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda “Regnum” agentligi ma’lum qildi.

Agentlikka ko‘ra, 92 yoshda bo‘lgan muhandisning jasadi 17 iyun kuni Zamoskvoreche tumanida joylashgan xonadonida qarindoshlari tomonidan topilgan. U o‘z joniga qasd qilishdan oldin yaqinlariga xat qoldirgan. Lekin u qoldirgan xatda aynan nimalarni yozgani to‘g‘risida ma’lumotlar ochiqlanmagan.

Grigoriy Emelyanovich Klinishov 1930 yil 30 oktyabrda tug‘ilgan. U fizika-matematika fanlari nomzodi bo‘lib, 1962 yilda Lenin mukofoti laureati bo‘lgan. Marhum olim Butunittifoq eksperimental fizika ilmiy-tadqiqot institutida termoyadro qurollarini yaratish bilan shug‘ullangan. Shuningdek, Klinishov birinchi Covet ikki bosqichli termoyadroviy bombasi RDS-37ni yaratishda ishtirok etgan olimlardan biri edi.

Ma’lumot uchun, mazkur bomba sinovlari 1955 yil 22 noyabrda Semipalatinsk poligonida bo‘lib o‘tadi. Shu kuni dunyoda birinchi marta quvvati 1 megatondan ortiq bo‘lgan vodorod bombasi tashlash yo‘li bilan sinovdan o‘tkazildi. Ushbu sinovlar 200 kilometrdan ortiq radiusda bir qator fojiali voqealarga olib keladi. 59 ta aholi punktida binolar vayron bo‘lib, o‘nlab odamlar jarohatlangan. Portlash markazidan 240 km uzoqlikdagi radiusda uylarning oynalari singanligi va radiatsiya darajasining oshishi qayd etilgan. Grigoriy Emelyanovich, shuningdek, keyingi avlod bombalari uchun bir necha turdagi termoyadro zaryadlarini ishlab chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

termoyadro bombasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar