Birinchi xonimlar uchrashuvida Prezidentning qizlari ham qatnashdi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston va Janubiy Koreyaning birinchi xonimlari Ziroat Mirziyoyeva va Kim Chjon Suk 19 aprel kuni qator ijtimoiy va madaniy muassasalar bilan tanishganlari haqida xabar bergan edik. Birinchi xonimlarning uchrashuvlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qizlari – Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva va Maktabgacha ta’lim vazirligi Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva qatnashgan. 

Koreya Respublikasi Prezidentining rafiqasi Kim Chjon Suk O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva hamrohligida Toshkentdagi Yakkasaroy tumani 369-son maktabgacha ta’lim muassasasiga tashrif buyurgan. Mazkur MTM faoliyati bilan ularni Shahnoza Shavkatovna Mirziyoyeva tanishtirgan. 

6 Дошкольное образование (1).JPG

Ziroat Mirziyoyeva va Kim Chjon Sukning keyingi manzili O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi bo‘lgan. Ularga bu yerda Prezident Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi  Saida Mirziyoyeva hamrohlik qilgan. Ular xalq amaliy san’ati ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirishgan. 

3Галерея_изобразительного_искусства.JPG

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoyeva Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning o‘tgan yil aprel oyida O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi davomida ham birinchi xonimlar Ziroat Mirziyoyeva va Emina Erdo‘g‘anning uchrashuvida qatnashgan edi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

147

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing