Birinchi xonim Ziroat Mirziyoyeva nomidan soxta akkauntlar ochildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi xonimi – “Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva nomidan soxta akkauntlar ochilib, ularda xayriya va mukofot pullari tarqatilishi haqida xabarlar tarqalmoqda. Ushbu holat yuzasidan “Zamin” xalqaro jamoat fondi Matbuot xizmati izoh berdi. 

Qayd etilishicha, mazkur xabarlar haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. 

“Yurtdoshlarimizni bu kabi “feyk” ma’lumotlarga ishonmaslikka chaqiramiz. 

“Zamin” fondi loyihalari haqida uning veb-saytida hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali xabardor bo‘lishingiz mumkin”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

316

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing