Bir yilda qancha odam OITSga chalingani aytildi
Olam
−
02 dekabr 10585 1 daqiqa
JSST ma’lumotiga ko‘ra, 2024 yilda kasalliklar soni kamayganiga qaramay, taxminan 1,3 million kishi OITSga chalingan. Bu haqda 1 dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan e’lon qilingan hisobotda qayd etilgan.
Hisobotda aytilishicha, dunyo bo‘yicha 40,8 millionga yaqin kishi OIV bilan yashaydi. JSST OITSning oldini olish vositalariga sarmoyani oshirish va mamlakatlarni tasdiqlangan yangi vositalarga tezkor kirishni ta’minlashga chaqirgan.
Shu bilan birga, yiliga ikki marta qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan “lenakapavir” dori vositasi 2025 yilda muhim yutuq bo‘lishi ta’kidlangan. U doimiy davolanish tartibini bajarishda qiynaladigan yoki tibbiy xizmatdan foydalanishda kamchilikka uchraydiganlar uchun samarali vosita sifatida qayd etilgan.
Hisobotga ko‘ra, profilaktikaga qaramay, 2024 yilda 1,3 million kishi OITSga chalingan.
“2024 yilda dunyo bo‘yicha 40,8 million kishi OIV bilan yashaydi, 630 ming kishi esa OITS bilan bog‘liq sabablardan vafot etgan”, deyiladi xabarda.
JSST epidemiyani tugatish uchun inson huquqlariga asoslangan, integratsiyalashgan tibbiy xizmat zarurligini ta’kidlagan. Tashkilot rahbari Tedros Adanom Gebreisus moliyalashtirishning kamayishi va profilaktikaning sustlashuvi kabi muammolar mavjudligini bildirgan.
Live
Barchasi