Bir sutkada 628 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 16 avgust kuni O‘zbekistonda 628 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Buxoro va Toshkent viloyatlarida 1 nafardan, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Sirdaryo, Navoiy, Andijon, Qashqadaryo hamda Farg‘ona viloyatlarida jami 930 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 35 329 nafar bemordan 30 973 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 87 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 4 124 nafar bemordan 813 nafari og‘ir, 234 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

411

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing