Bir oy avval to‘shakka mixlangan Jirinovskiyning ahvoli haqida ma’lumot berildi 

Olam

image

Rossiya Liberal-demokratik partiyasi raisi Vladimir Jirinovskiyning ahvoli yaxshilandi. U yangiliklar bilan tanishib, hujjatlar bilan ishlayapti. Bu haqda RIA Novosti ma’lum qildi.

“Vladimir Jirinovskiyning ahvoli yaxshilandi. U allaqachon birinchi ko‘rsatmalarni berishni boshlagan. Partiya raisi yangiliklar va yordamchilari tomonidan unga topshirilgan hujjatlarni o‘rganmoqda”, deyiladi xabarda.

Vladimir Jirinovskiy joriy yilning 2 fevral kuni koronavirusning “omicron” shtammi bilan kasallangandi. Oradan biroz o‘tib, uning sun’iy nafas olish apparatiga ulangani va tibbiy koma holatiga tushirilgani aytildi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, siyosatchi o‘pkasining 70 foizi zarar ko‘rgan, biroq keyinchalik uning ahvoli yaxshilangan.

Vladimir Jirinovskiy sobiq sovet davlatlariga aloqador turli xil tuturiqsiz provokatsion fikrlar bildirishi bilan odamlarga yaxshi tanish. Ko‘plab ekspertlar uni “Kremlning og‘zi” deb hisoblaydi.

So‘nggi bor u Qozog‘istonda yanvar oyida yuz bergan tartibsizliklar SSSR tarkibida bo‘lgan barcha respublikalarda sodir bo‘lishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

612

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing