Bir oilada is gazidan zaharlangan 3 nafar bola vafot etdi

3-sahifa

image

Respublika bo‘yicha is gazidan zaharlanish holatlari tobora ko‘payib bormoqda. Afsuski, ularning oqibati o‘limga olib kelayotgan holatlar ham yo‘q emas. Xususan, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida is gazidan zaharlangan 3 nafar bola vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, kecha, 12 yanvar kuni soat 10:00 larda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani “Do‘stlik” mahallasida yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan D.J., uning turmush o‘rtog‘i S.O. va voyaga yetmagan, sakkiz, to‘rt va ikki yoshli 3 nafar farzandi yashash uyi xonasida is gazidan zaharlanish alomatlari bilan yaqin qarindoshlari tomonidan topilgan.

Voyaga yetmagan uch nafar bola hodisa joyida vafot etgan. Ular ikki o‘g‘il va bir qiz edi.

Sud tibbiyot ekspertizasining birlamchi ma’lumotida, voyaga yetmagan S.P., M.P. va Sh.P. larning o‘limi is gazidan zaharlanish oqibatida yuzaga kelgani ko‘rsatilgan.

Ota-onalar D.J. va S.O. larga is gazidan zaharlanish tashxisi bilan zarur tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

158

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing