Bir necha viloyatga yangi sudyalar tayinlandi

Jamiyat

image

Kecha, 21 fevral kuni sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishida bir necha viloyatlarga turli yo‘nalishlarda sudyalar tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi xabar berdi.

Yig‘ilishda kengash a’zolari tomonidan vakolat muddati yakuniga yetgan ayrim sudyalarni ushbu lavozimda bo‘lishining navbatdagi muddatiga, shuningdek, muqobillik asosida bir necha nafar sudyani vakolat muddati davriga qayta tayinlashga oid masalalar muhokama etilgan.

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:

Dilfuza Ro‘zimurodovna Jo‘rayeva – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Sirdaryo viloyati sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;

Akmal Ahmadjanovich Kenjabayev – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Pop tumani sudining sudyasi lavozimiga;

Davlat Davronovich Rahimov– sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Qashqadaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga;

Sanjar Abduvaliyevich Sariboyev– sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Sirdaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo tumani sudining sudyasi lavozimiga;

Nodirbek Rahmon o‘g‘li Sangirov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga;

Jahongir Narziqulovich Turdimurodov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Sirdaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;

Alibek Davronovich Qodirov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimi;

Dildora Norboy qizi Boboyeva – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Yuqorichirchiq tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, 6 nafar sudyaning lavozimida o‘zgarish amalga oshirilgan.

Sherali Hoshimovich Komilov – sudyalik vakolati muddati davriga Farg‘ona viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi. Shu munosabat bilan u Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Asaka tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.

Nuriddinjon Yoqubovich Tojiboyev – sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Asaka tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi. Shu munosabat bilan u Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.

Muhayyo Yusupjanovna Dedamirzayeva – sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi. Shu munosabat bilan u Namangan viloyati sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi.

Furqatali O‘ktamaliyevich Ahmedov – sudyalik vakolati muddati davriga Namangan viloyati sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi. Shu munosabat bilan Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘rg‘ontepa tumanlararo sudining raisi lavozimidan ozod qilindi.

Rustam Dilshodovich Sultonov – sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘rg‘ontepa tumanlararo sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi. Shu munosabat bilan u Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘rg‘ontepa tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.

Nigoraxon Ibragimovna Mirzakarimova – sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘rg‘ontepa tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi. Shu munosabat bilan u Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing