Bir marta yetti yilga. Qozog‘istonda Prezidentning vakolat muddati o‘zgartirilyapti

Olam

image

Qozog‘istonda prezidentlikka ikki marta besh yil muddatga saylanish o‘rniga, yetti yil muddatga bir marta saylanish tartibini joriy etish bo‘yicha konstitutsiyaga taklif etilayotgan o‘zgartirishlar mamlakatning asosiy qonunchiligiga mos keladi. Bu haqda respublika Konstitutsiyaviy kengashi qarorida keltirilgan.

“Qozog‘iston Respublikasining konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi konstitutsiyaga muvofiq deb topilsin”, deyiladi kengash qarorida.

Unga ko‘ra, Konstitutsiyaviy kengash prezident bir marta yetti yillik muddatga saylanishi to‘g‘risidagi taklifni konstitutsiyaviy normalarga mos kelishini qayd etgan.

“Konstitutsiyaning 42-moddasi 5-bandining prezidentlik vakolatini bir muddat bilan cheklashni nazarda tutuvchi taklif etilayotgan tahriri oliy mansabdor shaxs lavozimiga saylangan barcha shaxslarga teng asosda qo‘llaniladi”, deyiladi qarorda.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev 1 sentyabr kuni xalqqa yo‘llagan murojaatida, birinchi besh yillik vakolat muddati 2024 yilgacha tugamasligiga qaramay, shu yilning kuzida navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarini o‘tkazishni taklif qilgan. Shu bilan birga, u saylovlardan so‘ng prezidentlik muddatini besh yildan yetti yilgacha, lekin qayta saylanish huquqisiz oshirish tashabbusi bilan chiqqan edi. Endi bir shaxs ketma-ket ikki martadan ortiq respublika prezidenti etib saylanishi mumkin emas.

2 sentyabr kuni “Jana Qozog‘iston” (Yangi Qozog‘iston) deputatlar guruhi bo‘lajak saylovlar oldidan konstitutsiyaga yetti yillik prezidentlik mandatini kiritishni va shu yilning kuzida prezidentni yetti yillik muddatga saylashni taklif qilgan edi. 12 sentyabr kuni To‘qayev Konstitutsiyaviy kengashdan deputatlarning ushbu taklifini asosiy qonunga muvofiqligini tekshirishni so‘ragan.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

49

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing