Bir kunda ikki avtohalokat, ikki qurbon…

Jamiyat

image

Kecha, 3 avgust kuni Namangan viloyatining 2 ta tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisalari natijasida 2 kishi vafot etdi. 

Ta’kidlanishicha, shu kuni soat 17:50 larda To‘raqo‘rg‘on tumani “Yangihayot” MFY ichki yo‘lida haydovchi Tracker rusumli avtomashinada harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan olti yoshli piyodani urib yuborgan. Natijada jabrlanuvchi og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Aynan shu kuni soat 21:30 larda Pop tumani Tepaqo‘rg‘on mahallasi hududida M-412 rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Nexia rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashgan. Natijada Nexia haydovchisi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Soha vakillari tomonidan hududlarda targ‘ibot va reyd tadbirlari muntazam olib borilishiga qaramay afsuski deyarli har kuni turli darajadagi YTHlar sodir bo‘lmoqda, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

188

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing