Bir kunda 100 mingta odam test sinovi topshirishi rejalashtirilmoqda – DTM

Jamiyat

image

Toshkent shahrida test sinovlari uchun 10 000 taga yaqin o‘rinli joy tayyorlangan. Bu haqda Davlat test markazi rahbari Majid Karimov Xalqaro press-klub oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari va yangi 2020-2021 o‘quv yili mavzusiga bag‘ishlangan sessiyada ma’lum qildi.

Imtihonlar ikki smenada o‘tkazilishini inobatga olsak, bir kunda 20 mingga yaqin abituriyent test topshirishi mumkin bo‘ladi. 

“Respublika bo‘yicha bir kunda 100 mingta odam test sinovi topshirishi rejalashtirilmoqda.Test topshirilgandan keyin ertasi kuni natijalarni ko‘rsa bo‘ladi. Bir hafta ichida abituriyent qaysi yo‘nalishga tavsiya etilgani ma’lum qilinadi. Bu ma’lumotlar hamda to‘plangan ballarni shaxsiy kabinetda bilsa bo‘ladi”, dedi Majid Karimov.

Ma’lumot o‘rnida, 2020-2021-o‘quv yili uchun abituriyentlardan tushgan arizalar vioyatlar kesimida taqsimlanishi quyidagicha:

•  Toshkent shahri – 399 415 nafar (29 ta OTM);

•  Samarqand viloyati – 139 874 nafar (9 ta OTM);

•  Farg‘ona viloyati – 114 992 nafar (7 ta OTM);

•  Andijon viloyati – 106 697 nafar (4 ta OTM);

•  Qashqadaryo viloyati – 99 925 nafar (6 ta OTM);

•  Surxondaryo viloyati – 90 663 nafar (6 ta OTM);

•  Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 82 397 nafar (9 ta OTM);

•  Toshkent viloyati – 79 544 nafar (4 ta OTM);

•  Namangan viloyati – 79 024 nafar (3 ta OTM);

•  Jizzax viloyati – 72 761 nafar (3 ta OTM);

•  Buxoro viloyati – 67 485 nafar (4 ta OTM);

•  Xorazm viloyati – 60 314 nafar (3 ta OTM);

•  Navoiy viloyati – 48 595 nafar (2 ta OTM);

•  Sirdaryo viloyati – 42 399 nafar (2 ta OTM).

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda imtihonlar 2 setyabr kuni boshlanadi va ko‘pi bilan 14 kun davom etadi. Imtihonlar hududlardagi markaziy stadionlarda bo‘lib o‘tadi.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

47

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing