“O‘zbekistonda bir kun”. Dubay valiahdi Navoiydagi safari videosini e’lon qildi
Jamiyat
−
05 noyabr 2021
15498Bugun, 5 noyabr kuni Dubay amirligining taxt vorisi Shayx Hamdan ibn Muhammad Al-Maktum O‘zbekistonga qilgan tashrifi aks etgan videoni o‘zining Instagram sahifasiga joyladi va uni “bir kun O‘zbekistonda” deb izohladi.
Eslatib o‘tamiz, Dubay amirligining taxt vorisi joriy yilning 6 oktyabr kuni O‘zbekistonga kelgandi. O‘shanda BAA shahzodasi lochin bilan ov qilish maqsadida Navoiy shahrida bo‘lganini taxmin qilish qiyin emas. Bu Hamdan ibn Muhammad uchun an’ana bo‘lib, u har yili O‘zbekistonga ov qilish maqsadida keladi.
Hamdan ibn Muhammad Al-Maktum - Dubay amiri Muhammad ibn Roshid Al-Maktum o‘g‘li, Dubay amirligining merosxo‘r shahzodasi, 1982 yilda tug‘ilgan. U faol hayot tarzi bilan mashhur. Shahzoda parashyutdan sakrash, suv ostiga sho‘ng‘ish, baliq ovi, lochin ovi, snoubording, velosport, ot sporti va sportning ko‘plab boshqa turlariga qiziqadi.
Ma’lumot uchun, Navoiy shahridan 50 km uzoqlikda tuvaloqlarni saqlash va ko‘paytirish markazi bor. Markaz Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Rashid Al-Maktum tashabbusi bilan 2008 yilning aprel oyida tashkil etilgan.
LiveBarchasi