Bir qator OTMlarda ziyorat turizmi bo‘yicha o‘quv dasturi joriy etiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”giqarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, subsidiyalanadigan avia va temir yo‘l qatnovi yo‘nalishlarini, avia chiptalar va mehmonxona xizmatlarini subsidiyalash miqdorini belgilash bo‘yicha maxsus komissiya tarkibi tasdiqlandi. 

Maxsus komissiya tomonidan quyidagilarga qo‘shimcha chegirmalar taqdim etiladi:

  • aviaqatnovlarga chiptalar 40 foizgacha;
  • turoperatorlar orqali xarid qilingan temiryo‘l chiptalariga 15 foiz;
  • mehmonxona xizmatlariga 10 foiz.

Mahalliy yashovchining har bir yashagan kuni uchun joylashtirish vositalaridan undiriladigan turistik (mehmonxona) yig‘imning miqdori BHMning 0,4 foizini tashkil etadi. 

Turistik tashkilotlarning ishchilari, gidlar (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchilari va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilar malakaviy imtihonini o‘tkazish 2022 yil 1 martdan amalga oshiriladi.

Aviatashuvlarga subsidiya ajratish Transport vazirligi hamda turoperator va turagentlarga avia va temir yo‘l chiptalari hamda joylashtirish vositalarining mehmonxona xizmatlari xarajatlarining bir qismini qaytarish Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.

Qarorga ko‘ra, Buxoro viloyati “Yetti pir” ziyoratgohlari yo‘nalishida ta’mirtalab 36 km masofadagi ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun 90,5 mlrd so‘m ajratiladi.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassis yetishtiruvchi oliy ta’lim muassasalarining 3-4 kurs talabalari uchun ziyorat turizmi bo‘yicha o‘quv dasturi joriy etiladi. 

Shuningdek, “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida “Madaniy, tabiiy va aralash merosni boshqarish” hamda Buxoro, Samarqand, Farg‘ona va Urganch darlat universitetlarida “arxeologiya” mutaxassisliklarida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

24

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing