Bir qator obro‘li musulmonlar Mirziyoyevni Ramazon bilan tabrikladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Butun musulmon olami uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon oyi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy mamlakatlarning davlat va hukumatlari, yetakchi xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan, taniqli din arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Maktublarda xorijiy hamkorlar tomonidan O‘zbekiston Prezidenti va ko‘p millatli xalqiga chuqur hurmat-ehtirom bildirilib, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilgan.

Quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:

  • Ikki muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud;
  • Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;
  • Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy;     
  • Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;
  • Birlashgan Arab Respublikasi Prezidenti Xalifa bin Zoid Ol Nahayon;    
  • Tunis Respublikasi Prezidenti Qais Said;
  • Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulmajid Tabbun
  • Falastin Prezidenti Mahmud Abbos;
  • O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Al Said;
  • Quvayt Amiri Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh; 
  • Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II;
  • Saudiya Arabistoni Podshohligi valiahdi, Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari, mudofaa vaziri Muhammad ibn Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud;
  • Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Ol Maktum;
  • Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, Abu-Dabi Amirligi valiahdi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;
  • Islom hamkorligi tashkilotining bosh kotibi Yusuf al Usaymin; 
  • Islom taraqqiyot banki guruhi prezidenti Bandar Hajar;
  • Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Hodi Sulaymonpur;
  • Misr Bosh imomi, Al-Azhar universiteti rahbari Shayx Ahmad Muhammad at-Tayyib.

Qutlovlar kelishda davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

143

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing