Bir guruh sportchi va murabbiylar davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Sport

image

Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida har tomonlama munosib qatnashib, O‘zbekiston tarixida mislsiz natijalarga erishgani uchun bir guruh sportchi va murabbiylar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Bu haqda Prezidentning tegishli farmoni imzolandi.

Bildirilishicha, quyidagilar mukofotlangan:

“El-yurt hurmati” ordeni bilan

Do‘smatov Xasanboy Marfjon o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Jalolov Bahodir Isomiddin o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Rashitov Ulug‘bek Ismatullayevich - Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

“O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan

Jamalov Razambek Salambekovich - Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Keldiyorova Diyora Baxtiyor qizi - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Mo‘ydinxo‘jayev Asadxo‘ja Zohidxo‘ja o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Mullojonov Lazizbek Hasanjon o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Xaloqov Abdumalik Anvar o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan

Abdullayev Gulomjon Ozodovich - Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Djurayev Akbar Xusnidilla o‘g‘li - Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Osipova Svetlana Valerevna - Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Yusupov Alisher Xalimboyevich - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi" faxriy unvoni bilan

Azizov Ulug‘bek Azim o‘g‘li - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

Kiyamova Nellya Esxatovna - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

To‘ychiyev Alisher Kurbanovich - Farg‘ona viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi boks bo‘yicha murabbiysi

"Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan

Po‘latov Saken Djetibayevich - O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari

Tashmatov Sherzod Rixsibayevich - O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasi raisi

"Do‘stlik" ordeni bilan

Qilichev To‘lkin Maxmurovich - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiysi

Toygonbayev Ziyatdinbek Kurmanbekovich - Andijon viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi boks bo‘yicha murabbiysi

Turoboyev Muzaffarbek Toshtemir o‘g‘li - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Xan Pavel Afanasevich - Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

II darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni bilan

G‘afurov Davron Dilmuradovich - Zangiota tumani sport maktabi boks bo‘yicha murabbiysi, Toshkent viloyati

Qilichev Farruh Komilovich - Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi boks bo‘yicha murabbiysi, Toshkent viloyati

Mansurov Dilshod Ismatovich - Toshkent tumani sport maktabi direktori, Toshkent viloyati

Mirzadjanov Farxod Mirxamitovich - Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

Xudayberganov Jamshid Ismailovich - Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi dzyudo bo‘yicha murabbiysi, Xorazm viloyati


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing