Bir guruh fazogirlar kosmonavtika kunini O‘zbekistonda nishonlamoqda
Jamiyat
−
12 aprel 2019
4602Joriy yilning 12 aprel kuni Rossiya Davlat Dumasining mudofaa bo‘yicha qo‘mitasi raisi, Rossiya Qahramonlar Assotsiatsiyasi prezidenti, Rossiya Qahramoni, general Vladimir Shamanov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi Sirdaryoda bo‘ldi.
Delegatsiya tarkibida bir necha kosmonavt-uchuvchilar, xususan, asli o‘zbekistonlik, afsonaviy fazogir Vladimir Jonibekov, o‘zbek o‘g‘loni Solijon Sharipov ham bor.
Rossiyalik mehmonlar Sirdaryo viloyati ostonasidagi “Chehra” restoran-majmuasida kutib olindi. Non-tuz taomilidan so‘ng ular o‘z qo‘llari bilan sumalak qozoni qopqog‘ini ochishdi va mu’jizaviy bahor taomidan tatib ko‘rishdi. Shu yerda folklor ansambllari chiqishlari, o‘zbek oshxonasi ne’matlari va boshqa milliy ruhdagi ko‘rgazmalar namoyish etildi.
O‘z navbatida general Shamanov bolalar badiiy havaskorlik ansambli ishtirokchilarini Rossiya shokoladlari bilan siyladi.
Tantanada yillar davomida unutilmay kelinayotgan harbiy va do‘stlik mavzuidagi qo‘shiqlar ijro etildi.
Rossiya Qahramoni Vladimir Shamanov Sirdaryo va unga tutash Chinoz yerlarida ko‘p bora bo‘lganligini, bu joylar unga yoshligidan qadrdon go‘sha ekanligini aytdi.
Tabdirda Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.
LiveBarchasi